Manbani chatda ulaysiz. AI quruvchi ma'lumotni yuklaydi, tozalaydi va tasdiqlangan ko'rsatkichlarga aylantiradi. Dashboard va Telegram'dagi har bir raqam shu ko'rsatkichlardan olinadi.
Oxirgi 3 oyda qaysi mahsulot eng ko'p daromad keltirdi?
Oxirgi uch oyda eng ko'p daromadni muzlatgichlar keltirdi — 412 mln so'm, beshlikning uchdan biri. Kir yuvish mashinasi 298 mln so'm bilan ikkinchi o'rinda.
Muzlatgich412Daromad, mln so'm
Muzlatgich412
Kir yuvish mashinasi298
Konditsioner210
Televizor141
Mikroto'lqinli pech78
Beshtasi jami — 1 139 mln so'm
Ma'lumot holati: bugun, 05:00
Qanday hisoblandi?
Daromad — bekor qilinmagan buyurtmalar summasi, so'mda. Tasdiqlangan ko'rsatkich.
Dashboardga qo'shishHar kuni 08:30 da Telegram'ga
Savolingizni yozing…
Har javob ostida ikki narsa bor: raqam qanday hisoblangani va ma'lumot qachon yangilangani.Ko'rinish namuna ma'lumot ustida chizilgan, mijoz ma'lumoti emas.
Manbadan javobgacha uch qadam
Hammasi chatda: manbani ulash ham, ko'rsatkich qurish ham.
01
Manbani chatda ulang
Ma'lumot qaysi tizimda ekanini ayting. AI login yoki kalitni xavfsiz formada so'raydi, ular chatga yozilmaydi. Excel yoki CSV faylni shunchaki chatga tashlang.
BILLZ
Uzum Market
PostgreSQL
MySQL
SQL Server
Excel
CSV
API token••••••••chatga yozilmaydi
02
AI quruvchi ko'rsatkich quradi
Ma'lumot workspace'ingizning o'z bazasiga yuklanadi. AI quruvchi undan daromad, buyurtma, qoldiq kabi ko'rsatkichlar quradi va sinab ko'radi. Har o'zgarish tasdiqdan keyin kuchga kiradi va bir bosishda orqaga qaytariladi.
orders.amount_uzsDaromad
customers.idMijoz
orders.idBuyurtma
tasdiqlangan
03
So'rang va dashboard yig'ing
Savolni o'z tilingizda yozing: o'zbekcha (lotin yoki kirill), ruscha yoki inglizcha. Javob grafik va qisqa xulosa bilan keladi. Grafikni bir bosishda dashboardga qo'shasiz, dashboard esa jadval bo'yicha Telegram'ga keladi.
Bu oy daromad qancha bo'ldi?
Daromad, oxirgi olti oyNamuna1.24 mlrdso'm12%o'tgan oyga nisbatan
Qayerdan ulanadi
BILLZSavdo va qoldiq, 29 ta tayyor ko'rsatkich
Uzum MarketSotuvchi kabineti, 44 ta tayyor ko'rsatkich
SQL bazaPostgreSQL, MySQL, SQL Server
FayllarExcel va CSV
DemoHar yangi workspace namuna do'kon ma'lumoti bilan ochiladi
To'rtta rol, guruhlar va qator bo'yicha ruxsatlar. Filial rahbari faqat o'z filialini ko'radi: chatda ham, Telegram xabarida ham.
Egasi
Hammasi, jumladan AI modeli va workspace'ni to'xtatish.
Admin
A'zolar, guruhlar, ruxsatlar, AI sarfi va audit jurnali.
Quruvchi
Manba ulaydi, ko'rsatkich va dashboard quradi; dasturchi rejimi bor.
Kuzatuvchi
Savol beradi va dashboard ko'radi. Tarifda o'rin hisoblanmaydi.
Har rol o'zidan pastdagi rolning hamma huquqiga ega.
Ma'lumotingiz xavfsizligi
Faqat o'qish
Manbaga faqat o'qish huquqi bilan ulanamiz: yozish huquqi bor SQL hisob qabul qilinmaydi, API ulanishlar faqat ma'lumot o'qiydi.
Kalitlar shifrlangan
Login, parol va tokenlar shifrlangan omborda saqlanadi. Ular chatga ham, AI'ga ham berilmaydi.
AI'ga faqat kerakli qism
AI provayderga savol matni, ko'rsatkich va ustun nomlari, shaxsiy bo'lmagan toifa qiymatlari (masalan, filial nomlari) va 50 qatorgacha jamlangan natija ketadi. Parol, token va shaxsiy ma'lumot hech qachon yuborilmaydi.
Shaxsiy ma'lumot sukut bo'yicha yuklanmaydi
Mijoz ustunlari (masalan, ism va telefon) sukut bo'yicha yuklashdan oldin olib tashlanadi yoki xeshlanadi.
Tariflar
Uchta tarif, imkoniyatlari bilan farq qiladi. Narx biznesingiz hajmiga qarab hisoblanadi: yozing, aniq narxni yuboramiz.
Starter
Kundalik raqamlar uchun: chat, dashboard va Telegram.
Saqlanadigan ma'lumot va oyiga yuklanadigan miqdor.
Quruvchi o'rinlari
Egasi, Admin va Quruvchi. Kuzatuvchilar o'rin hisoblanmaydi.
AI krediti
Har oy yangilanadi. Tugasa faqat AI to'xtaydi: dashboardlar va yuborishlar ishlayveradi.
Boshlang'ich sozlash
Bir martalik xizmat: manbalarni ulaymiz, biznes atamalaringizni kiritamiz va birinchi dashboardlarni quramiz. Narxi loyihaga qarab.
To'lov hozircha jamoamiz bilan to'g'ridan-to'g'ri kelishiladi, tarifni biz yoqib beramiz.
Ko'p beriladigan savollar
Narxi qancha?
Narx uch qismdan yig'iladi: hajm, Quruvchi o'rinlari soni va oylik AI krediti. Boshlang'ich sozlash alohida, bir marta to'lanadi. Umumiy narx jadvalini hali e'lon qilmadik: hello@databek.com manziliga yozing, biznesingizga mos narxni yuboramiz.
Qanday to'layman?
Hozircha to'lovni jamoamiz bilan to'g'ridan-to'g'ri kelishasiz, keyin tarifni biz yoqib beramiz. Onlayn to'lov keyinroq qo'shiladi.
Ro'yxatdan o'tsam nima bo'ladi?
Email bilan hisob ochasiz va workspace yaratasiz. U namuna do'kon ma'lumoti bilan ochiladi, shuning uchun o'z ma'lumotingizni ulamasdan ham savol berib ko'rasiz. Ro'yxatdan o'tishda karta so'ralmaydi.
AI krediti nima, tugasa nima bo'ladi?
AI krediti AI qancha ishlatilganini o'lchaydi. Har hajmda oylik miqdor bor, u har oy yangilanadi. Kredit tugasa faqat AI javoblari to'xtaydi: dashboardlar ishlayveradi, Telegram va email xabarlari AI xulosasisiz keladi.
Tarifni keyin almashtirsa bo'ladimi?
Ha. Yozing, tarifni almashtiramiz va yangi tarif darhol kuchga kiradi.
Qaysi tizimlarni ulash mumkin?
Tayyor ulagichlar bor: BILLZ, Uzum Market sotuvchi kabineti, PostgreSQL, MySQL va SQL Server bazalari, Excel va CSV fayllar. Boshqa tizim kerak bo'lsa, yozing.
Ma'lumotim qayerda saqlanadi?
Yevropa Ittifoqidagi serverimizda (Niderlandiya). Har workspace'ning o'z bazasi bor. Har kuni zaxira nusxa olinadi, tashqi nusxalar shifrlanadi.
AI provayderlarga nima yuboriladi?
Savol matni, ko'rsatkich va ustun nomlari, shaxsiy bo'lmagan toifa qiymatlari (masalan, filial nomlari) va 50 qatorgacha jamlangan natija. Parol, token va shaxsiy ma'lumot hech qachon yuborilmaydi. Modelni (Claude, GPT yoki Gemini) chatda tanlash mumkin.
Birinchi savolingizni bugun bering
Ro'yxatdan o'ting: workspace namuna ma'lumot bilan ochiladi. Narx bo'yicha savolingiz bo'lsa, hello@databek.com manziliga yozing.